Xorazm viloyati Xonqa tumanida sodir bo‘lgan mash’um voqea eshitgan-ko‘rganni qalbini larzaga soladi. Aka-ukalarning farzandlari o‘rtasida sodir etilgan jinoyat — qarindoshlar orasida mehr-oqibat ko‘tarilib borayotganini ko‘rsatdi.
Tumanda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan X.D.ning qizi 1999 yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi Yu.D. 12 oktyabr kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan…
Uni topishda yordam berishlarini so‘rab, tuman prokuraturasiga qilgan murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Qidiruv-surishtiruv ishlari tezkor xodimlarni murojaat qilgan shaxsning ukasinikiga tomon boshladi. Uy va uning yordamchi xonalarini ko‘zdan kechirgan tezkor xodimlar uy polining tagidan bo‘yin qismidan bug‘ib o‘ldirilgan 18 yoshli qizning jasadini topishdi!
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida, ushbu qiz amakisining uyiga suv olish uchun kelganida, amakisining o‘g‘li, o‘zi bilan bir kollejda tahsil oluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan Yu.J. uyda boshqa hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘z amakisining qiziga tashlangan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
Qiz unga qarshilik ko‘rsatib, uning jirkanch ishini barchaga ma’lum qilishini aytib, yordam so‘rab baqirgan. O‘zining kirdikorini yashirish maqsadida jinoyatchi qizni bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadini polning tagiga yashirganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi