O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimi va mas’ul qo‘mitalar hamda tashkilotlar rahbarlari bilan Toshkent dehqon bozorlarida va savdo yarmarkalari rastalarida sotiladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun eng yuqori cheklangan narxlar haqidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent bozorlarida 1-30 noyabr kunlari uchun mahsulotlarning alohida turlariga eng yuqori cheklangan narxlar belgilandi. Ro‘yxatdan kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, go‘sht, baliq, tovuq go‘shti va tuxum kabi mahsulotlar joy olgan.
Mol go‘shti uchun narx 1 kg. uchun 33 ming so‘mdan oshmasligi kerak (4 dollar). Qo‘y go‘shti narxi – 34 mingdan oshmasligi lozim (4,21 dollar). 1 kg. kartoshka – 3 ming so‘m ($0,37), piyoz – 3 ming so‘m ($0,24), sabzi - 1,5 ming so‘m ($0,2), guruch turiga qarab 3600 dan 6500 so‘mgacha ($0,44–0,80), tovuq go‘shti – 18 ming so‘m ($2,2), baliq – 15 ming so‘mgacha ($1,8) va tuxum – bir donasi uchun 500 so‘m.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi