Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi harbiy qismga tegishli bo‘lgan Xanter nima maqsadda olib qochilganini o‘rganmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 9 yanvar kuni taxminan soat 17.35 da shahar IIBga noodatiy xabar kelib tushadi. Xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs Olmaliq shahar Amir Temur ko‘chasidagi 15-uyning oldidan avtomashina o‘g‘irlab qochgani aniqlangan.
Voqeani o‘rganish jarayonida Toshkent viloyati IIB xodimlari ushbu avtomashina Viloyatning Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismiga tegishli ekanligini aniqlashgan.
Harbiy qism xizmatchisi Sobir Bahodirovich Qurbonov boshqaruvidagi “UAZ-Xanter” avtomashinasini noma’lum shaxs noma’lum tomonga olib qochib ketadi.
IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu avtoulov Quyichirchiq tumani Toshovul hududi, Do‘stlik ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq yonidan topilgan.
Avtomashinani olib qochgan shaxs boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashinani ag‘darib yuborgani ham aniqlangan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahar Repina ko‘chasi 3-uyda yashovchi, vaqtincha ishsiz, 23 yoshli Haydar Bunyodovich Baxtiyorov tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi asosida qo‘lga olingan.
Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz” ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
P.S Jinoyat protsessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ismlar o‘zgartirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi