Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut tilovat» majmuasini ziyorat qildi, taomilga binoan o‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, «Dorut tilovat» majmuasi Ko‘k gumbaz masjidi, Shayx Shamsiddin Kulol, Gumbazi Sayidon maqbaralari va hujralardan iborat bo‘lib, ular, asosan, XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida bunyod etilgan. «Dorut tilovat» so‘zi «Qur’on o‘qiladigan yoki tilovat qilinadigan joy» ma’nosini anglatadi.
Ko‘k gumbaz masjidi buyuk olim va davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan 1434-1435 yillarda qurilgan. Mirzo Ulug‘bek masjidni otasi Shoxrux nomidan bobosi Amir Temur sharafiga bunyod etgan. Kirish peshtoqining ravog‘ida ularning nomlari va qurilish sanasi bitilgan.
Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi XIV asr oxirida barpo etilgan. Shayx Shamsiddin Kulol al Foxuriy Amir Temur hamda uning otasi Tarag‘ay Bahodirning ustozi va piridir. U 1370 yilda vafot etgan. Amir Temur ustozi qabri ustiga maqbara qurdirgan.
Gumbazi Sayidon maqbarasi 1437 yilda Mirzo Ulug‘bek farmoni bilan qurilgan. Maqbara ichida XV-XVII asrlarga oid bir nechta qabr toshlari bor. Bu qabr toshlar termizlik sayidlarga tegishli bo‘lib, bir-biridan katta-kichik holatda joylashtirib qo‘yilgan. Ma’lumki, sayidlar Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) avlodidan bo‘lib, ulug‘ zotlar hisoblanadi. Shuning uchun ham maqbaraning nomi Gumbazi Sayidon, ya’ni Sayidlar gumbazi deb nom olgan.
O‘zbekiston rahbari «Dorut tilovat» majmuasida ulamolar bilan suhbatlashgan. «Muloqot chog‘ida xalqimiz faravonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so‘z yuritildi», deyiladi O‘zA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Birinchi Prezident Islom Karimovning haykali ochilishi munosabati bilan va joylarda olib borilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi