O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qaror jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini umume’tirof etilgan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek bojxona chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi.
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan quyidagi cheklangan me’yorlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 2000 (ikki ming) AQSh dollari miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 (uch yuz) AQSh dollari miqdorida;
Хalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uchun bir kalendar oy mobaynida – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdori belgilandi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlari doirasida tovarlar olib kirilganda ularni yozma deklaratsiyalash talab etilmaydi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishlari mumkinligi belgilandi.
Ammo, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:
guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 2 kg.gacha, shakar – 2 kg.gacha, o‘simlik yog‘i – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg.gacha.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan olib kirish me’yorlari ham belgilandi. Xususan:
Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo – 2 litrgacha, barcha turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutigacha, atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donagacha, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.gacha.
Shuni unutmaslik kerakki, mazkur tovarlarni olib kirish chog‘ida uning qiymati fuqarolarning xalqaro aeroportlar, temir yo‘l, daryo o‘tkazish punktlari yoki avtomobil yo‘lida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishiga bog‘liq ravishda mazkur qarorda belgilangan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlar doirasida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yilning 6 dekabridagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5276-son Farmoni bilan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini soddalashtirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi