Burgut qoyalar bag‘riga to‘rtta tuxum qo‘ydi. Qattiq zilzila bo‘lib, ulardan bittasi indan dumaladi, tovuq katagigacha bordi. Kurk tovuq o‘zinikilar qatori burgut tuxumini ham bag‘riga oldi. Vaqti kelib tuxum yorildi, undan burgutcha chiqdi. Tovuqlarning tarbiyasini olib katta bo‘ldi va tabiiyki, o‘zini tovuq deb bildi. Bir kuni burgutcha osmonda uchib o‘tayotgan burgutlarni ko‘rdi. Ular kabi samoda parvoz qilishni xohladi. Biroq urinishlari zoye ketib, kulgiga qoldi. Hamkataklari unga: “Sen tovuqsan! Burgutlardek ucholmaysan!” deyishdi. Kichik burgutning umidlari puchga chiqdi, mayuslanib qoldi. Shu tarzda tovuqlar ichida yashab o‘tdi...
Bu hikoyadagi burgut holiga tushmay desangiz, o‘zingiz ishongan salbiy fikrlar asiriga aylanmang. Muvaffaqiyat osmonida parvoz etishni istasangiz, maqsadingizda qat’iy bo‘ling.
Sizni qo‘llab-quvvatlamaydiganlar (xuddi tovuqlardek) so‘ziga quloq tutmang. Alloh taoloning inoyati bilan kuchingiz ham, toqatingiz ham yetarli ekaniga ishoning. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan