15:50 / 09.03.2018
5 858

Surxondaryoda o‘qotar qurol sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryoda o‘qotar qurol sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Mamlakatimizda qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga zid saqlash, unga egalik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Xo‘jaqiya-2” mahallasida yashovchi Nafsin Mo‘llayev (ism-familiya o‘zgartirilgan) ov qurolini 200 ming so‘mga qonunga xilof ravishda sotayotganida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlandi, deya xabar berdi O‘zA.

N.Mo‘llayevning “IJK” rusumli bir stvolli, 20 kalibrli hujjatsiz o‘qotar qurolni qayerdan olgani va qanday maqsadda pullashga uringani IIB xodimlarini qiziqtirib qoldi. Ayni paytda N.Mo‘llayevga nisbatan O‘zbekiston Rspublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda o‘qotar qurol sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi