1 mart kuni soat 03:30 lar chamasida, Xorazm viloyati Urganch shahri P.Mahmud ko‘chasida yashovchi Yu.K. o‘ziga tegishli “Lada Largus” rusumli transport vositasini Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneo‘» asfalt yo‘lining 900-901 kilometri oralig‘ida boshqarib ketayotib, ushbu asfalt yo‘lning chekkasida to‘xtab turgan, fuqaro P.T. boshqaruvidagi “KAMAZ” rusumli avtomashinaning tirkamasi orqa tomonidan kelib urilgan. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Natijada, “Lada Largus” rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi, Nukus tumani “Kerder” OFYda yashovchilar S.B. va I.S., Qo‘ng‘irot tumani “Qo‘ng‘irot” OFYda yashovchi O.A. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi