Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi

  • 19-03-2018, 19:13
  • 1 837
  • Jamiyat
  • Тошкентда Наврўз байрами тадбирлари ўтказиладиган жойлар маълум қилинди
    Toshkent shahar tumanlarining markaziy maydonlarida “Navro‘z” umumxalq bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, quyidagi manzillarda joriy yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari soat 10:00da boshlanib 18:00ga qadar davom etadi.

    Shahar asosiy sahnasi: “O‘zekspomarkaz” hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;

    Bektemir tumanida: “Quyoshcha nuri” bog‘i hududida tashkil etiladi.

    Mirobod tumanida: “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida tashkil etiladi.

    Mirzo Ulug‘bek tumanida: “Lokomotiv” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Bobur” nomidagi eko bog‘da tashkil etiladi.

    Sergeli tumanida: “Yoshlar” bog‘ida hamda “Grin Park” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq “Sohil” bog‘i)da tashkil etiladi.

    Uchtepa tumanida: “Eko” bog‘ida va “Bog‘i shamol” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladi.

    Olmazor tumanida: “Abdulla Qodiriy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Talabalar shaharchasida bayram keng nishonlanadi.

    Chilonzor tumanida: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida va “Akva” bog‘ida tashkil etiladi.

    Shayxontohur tumanida: “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida, “Ibn Sino” madaniyat va istirohat bog‘ida keng nishonlanadi.

    Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydonda tashkil etiladi.

    Yakkasaroy tumanida: “Do‘stlik” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladi.

    Yashnobod tumanida: “Ashxobod” sayilgohida hamda “Do‘stlik” bog‘ida tashkil etiladi.

    » » Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi