date

Uchko‘prikda noqonuniy qurilmaga chek qo‘yildi: sud qarori ijrosi ta’minlandi

Uchko‘prikda noqonuniy qurilmaga chek qo‘yildi: sud qarori ijrosi ta’minlandi

FIB Qo‘qon tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor I. D.ning hisobidan Uchko‘prik tumani Turg‘oq MFY hududida joylashgan noqonuniy qurilmani buzdirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjatiga muvofiq, Byuroning Uchko‘prik tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida qonun talablariga zid ravishda qurilgan inshoot to‘liq buzdirildi.

Qayd etish joizki, noqonuniy qurilishlar nafaqat shaharsozlik qoidalarini buzadi, balki aholi xavfsizligiga ham jiddiy tahdid solishi mumkin. Shu bois, bunday holatlarga nisbatan qonun doirasida keskin choralar ko‘rilib, sud qarorlarining ijrosi ta’minlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Uchko‘prikda noqonuniy qurilmaga chek qo‘yildi: sud qarori ijrosi ta’minlandi