Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor mustahkamlanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unda jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorlar aks etgan.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda o‘z ifodasini topgan.
Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor qonundan o‘rin olgan.
Jurnalistning davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lishi, jurnalistlik sirini oshkor etmasligi, jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishiga oid me’yorlar ham qonunga kiritilmoqda.
Jurnalistni akkreditatsiya qilish masalasi ham qonundan o‘rin olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi paytlarda O‘zbekistonda jurnalistlarga turli shaklda bosim o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘onda 23 yoshli o‘qituvchi qizning o‘limi bilan bog‘liq holatni yoritgan jurnalist Karimberdi To‘ramurodga tahdid qilindi (shundan so‘ng prokuratura vaziyatni nazorat ostiga oldi). 28 mart kuni esa «Kun.uz» sayti jamoasi faoliyati «Toshkent savdo markazi» (sobiq «Abu Saxiy» bozori) ma’muriyati xodimlari tomonidan to‘sqinlikka uchradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi