4 582
Shavkat Mirziyoyev: "Rahbarlar oyog‘i yerdan uzilmay xalqqa xizmat qilishi kerak" (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Hamma joyda o‘zim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o‘rganishi, oyog‘i yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p rejalar bilan keldik, dedi davlatimiz rahbari.
Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Ko‘ryapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartiryapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘ryapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi