17:11 / 09.04.2018
7 087

Qaysi viloyat yoshlari ko‘proq o‘qishga kirmoqdalar?

Qaysi viloyat yoshlari ko‘proq o‘qishga kirmoqdalar?
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchilar qaysi viloyatdan ko‘p?
E’zoza Ochilova, abituriyent, Paxtachi tumani

Savolga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berdi:

— 2016/2017 o‘quv yilidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalariga asosan, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning viloyatlar kesimidagi umumiy ko‘rsatkichi quyidagi jadvalda keltirilgan:

№ Hudud Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soni

1. Qoraqalpog‘iston R. 4597
2. Andijon viloyati 3834
3. Namangan viloyati 4107
4. Farg‘ona viloyati 6704
5. Buxoro viloyati 5216
6. Xorazm viloyati 3660
7. Surxondaryo viloyati 4319
8. Qashqadaryo viloyati 7047
9. Jizzax viloyati 3088
10. Navoiy viloyati 3379
11. Samarqand viloyati 7707
12. Sirdaryo viloyati 1578
13. Toshkent viloyati 4225
14. Toshkent shahri 6414

Jami: 65875

O‘tayotgan o‘quv yilida test sinovi natijalariga ko‘ra va Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga taqdim etilgan test qaydnomalariga muvofiq, 65875 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng katta ko‘rsatkich Samarqand viloyati (7707), Qashqadaryo viloyati (7047), Farg‘ona viloyati (6704) va Toshkent shahri (6414)da qayd etilganligini ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich yakuniy emasligini eslatib o‘tamiz. Sababi, bu ko‘rsatkichga:
  • test sinovi qaydnomalari taqdim etib bo‘lingandan keyin ajratilgan qo‘shimcha o‘rinlar;
  • turli imtiyoz shaklida ajratilgan o‘rinlar;
  • to‘lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi asosida qabul qilinganlar;
  • viloyatlarning ba’zi mutaxassisliklarga bo‘lgan o‘tkir ehtiyojini hisobga olgan holda ajratilgan o‘rinlar kiritilmagan.

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilayotgan ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilganda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar faqat o‘zining hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalariga emas, balki boshqa hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganini ham unutmaslik lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi viloyat yoshlari ko‘proq o‘qishga kirmoqdalar?