09:52 / 22.04.2018
6 037

Toshkent ko‘chasida topilgan noma’lum imorat tarixi Chernyayevga aloqador (foto, video)

Toshkent ko‘chasida topilgan noma’lum imorat tarixi Chernyayevga aloqador (foto, video)
Toshkent shahri markazidagi ko‘chalardan birida noodatiy holatga duch keldim. Gap shundaki, “Kamolon” mahallasi ichidan o‘tib ketayotsam, qarshimda osmondan tushganday, uch asrga guvoh bo‘lgan imorat ko‘rimsizgina bo‘lib turardi. Mahalladagi yoshi katta insonlardan so‘rab-surishtirib bildimki, bu ayni rus generali Mixail Chernyayev buyrug‘iga binoan qad rostlagan butxona hisoblanadi.

1864 yil. AQShda fuqarolar urushi ayni avjiga chiqqanda rus podshosi "sharqni egalla" shiori bilan o‘z sarhadlarini kengaytirish bilan ovora. Markaziy Osiyo bilan hech kimning ishi yo‘q, bularning barchasi bir paytda yuz berdi: Buyuk Britaniya Hindiston chegarasidan kesib o‘tmadi, Eron ichki ziddiyatlar girdobida, Xitoy esa markazlashgan hokimiyat siyosatini yurita olmay qolgan bir davr.

Chernyayev askarlari 1865 yili zudlik bilan Toshkent bekligini egallab olishni ko‘zlaydi. Moskva esa generalning Turkistondagi harakatini nazoratdan qochirdi, vaziyatdan foydalangan gubernator o‘zboshimchalik bilan armiyadagi askarlar hayotini, Chimkent muzofotini xavfga qo‘ydi. Gap shundaki, Toshkent aholisi mintaqada katta ta’sirga ega Buxoro amirligi lashkarini tezroq shimol tomonga siljishini kutardi. Bundan tashqari, xalq orasida katta obro‘ va e’tirofga sazovor bo‘lgan mulla Alimqul lashkari ham Toshkentga kelayotgani haqida mish-mish tarqadi.

Mixail Chernyayev imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, buning ustiga Kreml bilan maslahatlashmay, Toshkent qamalini boshlab yubordi. Alimqul askarlari shaharga yashirincha kirib olib, mudofaani qo‘lga oldi. Ular rus bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashdi, ammo qo‘mondon mullaning halokati askarlarga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shu bilan barchasi tugamadi: rus razvedkasi Samarqandda to‘planib turgan amirlik lashkari haqida ma’lumot yetkazishi Toshkent tevaragidagi vaziyatni tezlashtirib yubordi.

Shunday qilib, 1865 yil 14dan 15 iyunga o‘tar kechasi Toshkent hujumi boshlandi. Ruslarning katta qismi Kamongaron (hozirgi Kamolon) darvozasiga tashlandi. Bu yerda kamonchilar yashardi, ular turli nuqtalardan dushmanga zarba bera boshladi. Qurbonlar ortib borishi bilan o‘zbeklar mag‘lub bo‘lishini anglashdi. Afsuski, tajribasiz tub aholi ruslarga taslim bo‘lishdan boshqa iloj topolmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kungi jangda ruslar tomondan 24 nafar askar vafot etgan bo‘lib, ularning xotirasiga mazkur butxona qurilgan. Butxona devorlari diniy bitiklar bilan bezatilgan, qo‘riqchi navbatchilik qismi tashkil etilgan. Va u haqiqatan uch asr yuzini ko‘rdi.

Oktyabr inqilobidan so‘ng, sovetlar hokimiyatni egalladi. Butxona taqdiri esa shu bilan o‘z yakuniga yetdi, ya’ni butxona deyarli bir asr davomida unutilishga mahkum bo‘lgan.

Qiziq, arxeologlar bir nima qazib topishadi, men esa yer yuzida turgan bino haqida ma’lumotlar bilib, o‘zim uchun yangilik kashf etdim. Yana o‘ylanib qoldim, balki bu hududni MDH davlatlaridan kelayotgan sayyohlarga qiziqarli maskanga aylantirish mumkin. Axir, birgina butxona oldida Toshkentning zabt etilishi haqida gapirsa bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent ko‘chasida topilgan noma’lum imorat tarixi Chernyayevga aloqador (foto, video)