08:04 / 27.04.2018
6 419

Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?

Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?
“Inson va qonun” nashrida e’lon qilingan ushbu maqola sudlanglik holati, sudlanganlik muddatining, sudlanganlikning olib tashlanishi haqida savol-javob shaklida qisqa ma’lumot beradi.

Sudlanganlik nima?
Sudlanganlik — shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.

Shaxs qachon sudlangan deb hisoblanadi?
Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Sudlanganlik holati qachon tugaydi?
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

— shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;

— majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

— jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek, muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;

— ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;

— besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;

— besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;

— o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.

Sudlanganlik holatining tugash muddati o‘tmasdan turib olib tashlash mumkinmi?
Ha, mumkin. Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshirilishi kerak:

— shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak;

— yuqorida sanalgan muddatlarning kamida yarmi o‘tgan bo‘lishi kerak;

— jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi sudga sudlanganlikni olib tashlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishi kerak.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 178, 184, 185, 185-2, 189-192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, yuqorida sanab o‘tilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma qayerdagi sudga beriladi?
Qoida tariqasida, ushbu iltimosnoma sudlangan shaxs yashab turgan tuman (shahar)da joylashgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga beriladi va shu sudning sudyasi sudlanganlikni olib tashlash masalasini hal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?