07:32 / 28.04.2018
8 570

Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda

Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda
Foto: “Norma.uz”
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda “Norma” nashri xabar berdi.

Unda, xususan, quyidagilar nazarda tutiladi:

— 35 yildan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiya miqdorini o‘rtacha oylik ish haqining 2%iga oshirish;

— 54 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, biroq pensiyani umumbelgilangan yoshdan keyin rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar;

— pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;

— pensiya yoshiga to‘lgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari summasini bir martalik tartibda to‘lash huquqini berish;

— ishlovchi er (xotin)ga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan ishlamayotgan xotini (eri) uchun ixtiyoriy asosda Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha sug‘urta badallarini to‘lash huquqini berish;

— yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni (7 yil) oshirish;

— pensiya yoshini jahondagi o‘rtacha darajaga va boshqa o‘lchovlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.

Hujjat loyihasining to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda