Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
«Xabar.uz» portali ma’lum qilganidek, bugun Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.
«Bugun Andijon viloyati hokimi bilan ko‘p gaplashdim. Menga bir narsa ma’qul bu hokimda, sizlar shuni bilingki, men masala qo‘ygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qo‘yishni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erishadi degani», dedi Prezident.
«Fursatdan foydalanib aytib o‘tmoqchiman, men hokimdan roziman. Shuhrat Qo‘shaqboyevich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qo‘lidan kelganicha bajarishda O‘zbekiston hokimlari orasida oldingi qatordagilardan biri desam, adashmagan bo‘laman. Bu ham Andijon xalqining baxti. Men viloyatdagi ishlarni ko‘rib, hokimning kuyganini ko‘rib, aytyapman. Bugun kun davomida ellikta masala qo‘ydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Shuhrat Qo‘shaqboyevich mana shunday faol safdoshimiz, men eng ishongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytmoqdaman», qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi