Foto: «7kun.info»
12 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi S.X. ismli ayol IIBga murojaat qiladi.U shu yilning 9 iyun kuni noma’lum ayol uning uyiga kelib, o‘zini bank xodimi deb tanishtirgani va 30 foizlik chegirma bilan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berishini aytib, undan 1.400 AQSh dollarini aldab olganidan shikoyat qiladi. Firibgar dollar o‘rniga 8 dona qalbaki 200 yevro kupyurasi solingan konvertni berib, bir necha kundan keyin pullarni bank orqali milliy so‘mga almashtirib berishini aytib, voqea joyidan ketadi.
«Hurmatli fuqarolar, o‘z xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayriboshlash shoxobchalari orqali almashtiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana shunday shaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almashtirib berishini aytsa, bilingki, ular — firibgardir. Bunday holda darhol ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash firibgarlik jinoyati Yangiyo‘l shahrida ham sodir bo‘lgandi. O‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirgan firibgarlar yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanadi deb aldab, pensionerlarning AQSh dollarini soxta Yevro banknotalariga almashtirib ketishgandi.
Manba: Xabar.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda