07:02 / 24.06.2018
4 812

Toshkentda patrul xizmati xodimlari krossoverlarda harakatlanadi

Toshkentda patrul xizmati xodimlari krossoverlarda harakatlanadi
O‘zbekiston poytaxtida yo‘l-patrul xizmati xodimlari endilikda krossoverlarda harakatlanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi yo‘l-patrul post xizmati shaxsiy tarkibi yo‘ltanlamaslar bilan ta’minlanadi.

«Shahar imidjini yanada yaxshilash uchun bosqichma-bosqich yo‘l-patrul post xizmati xodimlariga zamonaviy jip avtomobillari topshiriladi. Birinchi bosqichda 50 ta Chevrolet Tracker topshirilishi ko‘zda tutilgan. Avtoparklarni yangilash ishlari yil oxirigacha yakunlanadi», — aniqlik kiritdi Umarxanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda patrul xizmati xodimlari krossoverlarda harakatlanadi