O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi 2015 yil 4 yanvarda bo‘ladi

  • 23 dekabr 2014, 14:04
  • 4 990
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi 2015 yil 4 yanvarda bo‘ladi

    O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarning ikkinchi turi 2015 yil 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 21 dekabr, yakshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 135 saylov okrugining 113tasida saylov yakuniga etgan va uning natijalariga ko‘ra O‘zLiDeP 47ta, “Adolat” 17ta, “Milliy tiklanish” 28ta, Xalq demokratik partiyasi esa 21ta deputatlik o‘rniga ega chiqdi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasiga binoan, agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, ikki hafta ichida eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

    Bu holda takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi.

    Manba va foto: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi 2015 yil 4 yanvarda bo‘ladi