Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi
2018 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev va “Ozodlik” radiosi xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitse-prezidenti Ninad Pejich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlikning rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev mehmonga agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib, ushbu tashkilot ommaviy axborot vositalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi ekanligini qayd etdi.
Ninad Pejich ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, agentlikning xuddi boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi OAV sohasida qonun buzilishlarining oldini olish, ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun guvohnoma berish kabi masalalar bilan shug‘ullanishi unga ma’lum ekanligini alohida ta’kidlab, quyidagilarni ma’lum qildi:
— O‘zbekistonga kelishimning asosiy sabablaridan biri shuki, bugun davlatingizda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Biz, albatta, bu o‘zgarishlarni O‘zbekiston uchun yaxshi deb hisoblaymiz. Shuningdek, o‘zbek matbuotida ijobiy ma’noda portlash sodir bo‘ldi. Va biz ana shu portlashning bir bo‘lagi bo‘lishni xohlardik. Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritishni istaymiz. Men O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida katta ishtiyoqni his qilyapman. Chunki hamma davlatlarda ham matbuot sohasidagi vaziyatni yaxshi deb bo‘lmaydi. Ba’zi davlatlarda OAV erkinligi pasayib bormoqda, — dedi Ninad Pejich.
— Siz ta’kidlagan portlash muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasidir. Chunki, sir emaski, har qanday jamiyatda matbuot va OAV erkinligini cheklovchi kuchlar mavjud bo‘ladi. Prezidentimizning qat’iyati, azmu shijoati ana shu kuchlarni yengdi. O‘zbek jurnalistikasi tarixida hech qachon kuzatilmagan imkoniyat eshiklari ochildi, ulkan shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Misol uchun, yaqindagina tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini yoki nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat fondi tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan o‘nlab nodavlat OAV, xususan, internet nashrlari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, — dedi Laziz Tangriyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi