13:27 / 10.07.2018
5 032

Buxoroda «soxta» hokimiyat xodimasi firibgarlikda ayblanmoqda

Buxoroda «soxta» hokimiyat xodimasi firibgarlikda ayblanmoqda
Buxoroda o‘zining qishloqdoshlariga arzon uy olib berishni va’da qilib, juda ko‘plab fuqarolarga moddiy zarar yetkazgan soxta “hokimiyat vakili”ning jinoiy harakatlariga chek qo‘yildi.

Buxoro tumani, Xumin MFY, Xumin qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Solixa Ma’murova o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, o‘zi bilan bir qishloqda yashovchi D. Hojiyevaning ishonchiga kirib, unda o‘zini tuman hokimligiga ishlashini va uy olib berishga yordam berishini va’da qilib, undan 5.500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida S.Ma’murova Buxoro tumanida yashovchi F.Saidovaning ham ishonchiga kirib, undan 7000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan S.Ma’murovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda «soxta» hokimiyat xodimasi firibgarlikda ayblanmoqda