Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Nukus shahrida qalbaki “Qarataw” arog‘ini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.U. tomonidan shartli xaridorga har blokda sig‘imi 0,5 litr bo‘lgan 12 donadan iborat jami 30 blokda 360 shishaga qadoqlangan ichimlikni 4 million 140 ming so‘mga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 154 shisha “Qarataw” arog‘i, 1849 dona “Qarataw” arog‘i etiketkalari, 623 dona aroq shishasi probkalari va qo‘lbola aroq tayyorlashda ishlatiladigan har xil aksiz markalari, yelim va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davrida bojxona xodimlari tomonidan ana shunday 15 holat aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlardan 30 million 252 ming so‘mlik 821,2 litr spirt va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi