Shu yilning 6 avgust kuni soat 21:30da 102 telefon raqamiga Yakkasaroydagi uyda o‘g‘rilik sodir etilgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
30 yoshli Gulnoza va uning hamrohi 20 yoshli Jamshidning so‘zlariga ko‘ra, ular uyda yo‘qligida ayolga tegishli uyning sotuvidan olingan 23 500 AQSh dollari o‘g‘irlangan. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, Yakkasaroydagi uyni sotib, boshqa tumandan joy olishga uni Jamshid undagan. Shuning uchun ayolning yaqini sifatida Jamshid ham so‘roq qilindi. Jamshid o‘g‘rilikni fosh etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, haqiqatdan ham pulni o‘g‘irlash niyati bo‘lganini tan oldi. Shu maqsadda u 30 yoshli K.Azizga eshik kalitidan bir nusxa yasatib olgan va uyda hech kim yo‘qligida Azizning tanishi kelib pullarni o‘g‘irlashi kerak bo‘lgan. Biroq, Aziz Jamshiddan yashirib kalitdan yana bitta nusxa yasagan va rejadagi o‘g‘rilik sodir etilishidan oldin pullarni o‘zlashtirib olgan. Ya’ni o‘g‘rini qaroqchi urgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 6 kishi qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi