Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Tashrif asnosidagi muzokaralarda ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilib, hamkorlikni yanada rivojlantirishning, unga uzoq muddatli va keng ko‘lamli tus berishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladilar.
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilmoqda.
Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazish, Samarqand shahrini ziyorat qilish ham joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi