O’zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko’ra, shu yilning 15 avgust kuni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan Samarqand viloyatidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaga yuborilib, odam savdosidan jabrlanishi mumkin bo’lgan ayollar to’xtatib qolindi.
Jinoiy guruh a’zosi bo’lgan samarqandlik R.B. odam savdosi jinoyatidan mo’may daromad orttirish niyatida Navoiy viloyatidan bo’lgan uch nafar chet davlatida ishlash istagida bo’lgan, moddiy muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan ayollarni topib, ularni uy ishlari yoki savdo do’konlarida sotuvchi bo’lib ishlash haqidagi aldovlar bilan Turkiya davlatiga jo’natib, ularni fohishalikda ekspluatatsiya qilishni maqsad qilgan. Unga bu ishni jinoiy sherigi hozirda Turkiya davlatida yashayotgan onasi R.M. buyurganini va yuborilayotgan uch nafar ayolni Istanbul shahrida R.M. kutib olishini ma’lum qilgan. R.N. ayollarni jo’natish arafasida, ularga Turkiyaga borgandan so’ng badal puli sifatida 6000 AQSh dollari ishlab berishini shart qilib qo’yadi va ayollarga fohishalikda ishlashga ketayotganliklarini bildiradi.
Bundan xabar topgan ayollar Turkiyaga ketish fikridan qaytishlariga qaramasdan, R.N. ularni “Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz sarflangan harajatlarni qoplashingizga to’g’ri keladi” deb, fikrlarini o’zgartiradi. O’tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga jo’natmoqchi bo’lgan R.N. qo’lga olindi.
Hozirgi kunda Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi