Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida Samarqandga bordi.
Yildirimni va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani aeroportda Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov kutib olishgan.
Yildirim Samarqandga tashrifi davomida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga tashrif buyurib, uning qabriga gullar qoʻygan. Bundan tashqari, turkiyalik yuqori martabali mehmon rafiqasi Samiha Yildirim bilan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga borgan.
Yildirim Imom al-Buxoriy masjidida namozni ado etib, masjid hovlisida mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.
Yildirim boshchiligidagi turk delegatsiyasi Imom Moturidiy va Amir Temur qabri joylashgan Goʻr-Amir maqbaralariga tashrif buyurgan. Bu yerda Yildirim xorijiy sayyohlar bilan suhbatlashgan.
Foto: Anadolu
Yildirim, shuningdek, Registon maydoni, Ulugʻbek va Tilla-Qori madrasalariga borib, u yerda yurtdoshlari bilan uchrashgan.
Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Yildirim sharafiga qabul tashkillashtirdi. Yildirim 26 sentyabrda qoʻhna Buxoro tomon yoʻl oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi