Joriy yilning 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon Toʻxtanazarov Chust shahri markazida arizachidan 500 AQSH dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan ushlangandi.
“Oʻzbekiston 24” telekanalining maxsus reportajida deputat nega pora talab qilganini aytib oʻtdi.
“Bu ayolning ishonchiga kirib turib, oʻsha pulni olib, oʻzimning oilaviy ehtiyojimga ishlatmoqchi edim. Chin koʻngildan pushaymonman”, - dedi deputat.
Mazkur holat yuzasidan O.Toʻxtanazarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olimjon Toʻxtanazarov Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, OʻzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor boʻlib ishlagan. Ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlib, jamiyat hayotidagi muammolar boʻyicha, xususan, korrupsiya masalasida oʻzining fikrlarini bildirib kelardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi