Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish haqida qarorni olish boʻyicha xizmat taqdim etildi.
Xizmat narxi va toʻlash tartibi
Arizani koʻrib chiqish uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
- Nukus shahri va viloyat markazlari uchun eng kam oylik ish haqining 10%.
- Toshkent shahriga eng kam oylik ish haqining 20%.
- Tumanlar va shaharlardagi tumanlar hududi uchun eng kam oylik ish haqining 30%.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi 70-son “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatdir.
Xizmatni koʻrsatish muddati: 8 kun ichida.
Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi