07:28 / 09.10.2018
4 139

Qashqadaryoda gaz plitasining portlashi oqibatida 2 bolakay halok boʻldi

Qashqadaryoda gaz plitasining portlashi oqibatida 2 bolakay halok boʻldi
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga asosan, bugun, 8 oktyabr kuni soat 10:04larda Kitob tumani, “Istiqlol” MFY, Qashqadaryo koʻchasi, 38-uyning (uy egasi 1947 y.t. A.Parmonov) oshxonasida gaz plitasining nosozligi sababli havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
FVV axborot xizmatining xabariga koʻra, chaqnash oqibatida oshxona shiftining 4 kv.m. maydoni yongan hamda 2 nafar fuqaro kasalxonada vafot etgan va 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan Kitob tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:
Bellura Xomidova, 2013 y.t. (uy egasining nabirasi, 100 % termik kuygan).
Farzona Xomidova, 2016 y.t. (uy egasining nabirasi,100 % termik kuygan).

Jarohatlangan fuqaro:
Baxtigul Jamolova, 1991 y.t. (uy egasining kelini, 40-45 % termik kuygan, ahvoli oʻrta ogʻir).

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda gaz plitasining portlashi oqibatida 2 bolakay halok boʻldi