Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida muhokamaga qo‘yilgan barcha korxona va tashkilotlarning 5 kunlik ish haftasiga o‘tishi masalasi bo‘yicha taklifga munosabatini bildirdi.
«Joriy yilning 16 oktyabr kuni «Mening fikrim» («Moye mneniye») portalida barcha byudjet va nodavlat tashkilotlarning to‘liq 5 kundan iborat ish haftasiga o‘tish kerakligi haqida e’lon qilingan taklif Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Mehnat qonunchiligiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishni talab etadigan bunday taklif maqsadga muvofiq emas.
Birinchidan, butun hafta davomida uzluksiz ish tartibiga ega barcha byudjet tashkilotlari, shu jumladan, tibbiyot va ta’lim muassasalari uchun majburiy 5 kunlik ish haftasi barcha shifoxona, poliklinika, maktab, kollej, OTMlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlarga taalluqli korxonalarning 5 kunlik ish haftasiga o‘tishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, amaldagi qonunchilikka muvofiq (Mehnat kodeksining 120-moddasi), ish haftasi turi (ikki kun dam olish belgilangan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olish belgilangan olti kunlik ish haftasi) va ish vaqtining tartibi (kunlik ish (smena) davomiyligi, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, ishdagi tanaffuslar vaqti, bir kundagi smenalar soni, ish kuni va ish kuni bo‘lmagan kunlardagi navbatchilik, ishchilarning smenadan smenaga o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartib qoidalari, ish joyidagi boshqa me’yoriy hujjatlar, agar ular mavjud bo‘lmasa, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha o‘rnatiladi.
Shunga ko‘ra, barcha byudjet va nodavlat tashkilotlarni to‘liq besh kundan iborat majburiy ish haftasiga o‘tkazishga zarurat yo‘q, chunki mehnat qonunchiligida bunday imkoniyat nazarda tutilgan va ish joyidagi me’yoriy hujjatlar orqali amalga oshirilishi mumkin», deyiladi vazirlik nuqtai nazari keltirilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi