10:20 / 18.10.2018
4 402

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar
Adliya vazirligi va organlari xodimlari O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining mas’ul lavozimlariga tayinlandi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i Behzod Boliyev Prezident administratsiyasi Aholining ijtimoiy qatlamlari bilan ishlash sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlangan.

Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining bosh maslahatchisi Eldor Hasanbayev prezident administratsiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlangan.

Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi Bobur Karimov prezident administratsiyasi Davlat hokimiyati respublika organlari bilan ishlash sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar