Asosiy turdagi qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning reja jadvali tasdiqlandi.
Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan ichki iste’mol bozorining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning prognoz ko‘rsatkichlari orqali baholash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, qaror bilan 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga:
• asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari va tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari;
• “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlarining, hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
• asosiy turdagi qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxiraga jamg‘arishning reja jadvali tasdiqlandi.
Xususan, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga 222 ming 409 tonna kartoshka, 120 ming 676 tonna piyoz, 91 ming 617 tonna sabzi, 66 ming 475 tonna guruch zaxira qilib qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi