2019 yil 1 yanvardan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati tashkil etiladi. Ushbu xizmat Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi negizida tuziladi.
Probatsiya xizmatining tashkil etilishi jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorida ko‘rsatilgan. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar berilgan.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish joriy etiladi.
2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida jinoyat-ijroiya qonunchiligining xalqaro standartlarga mosligini qayta ko‘rib chiqish, mahkumlarni kamera tipida saqlashni joriy etish, shuningdek, muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslar qayta kasbiy tayyorlanadi.
Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum qilinganlarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar o‘tkazishga bo‘lgan cheklov bekor qilinib, ular oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi