O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘p tarmoqli migratsiya markazi tashkil qilinishi kutilmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar qildi.
Markazda O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada mehnat qilishga patent beriladi.
O‘zbekiston fuqarolariga patent berish tashabbusini 2018 yil 30 oktyabr kuni Moskvada O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov va Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qilgan.
Tomonlar erishilgan kelishuvlar bo‘yicha 2018 yil 20 dekabrda Toshkentda ishchi guruhning ilk yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olishgan.
Bundan tashqari uchrashuvda O‘zbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va Rossiya mehnat vazirligi Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o‘rtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari bo‘yicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya jamg‘armasi o‘rtasidagi elektron baza ma’lumotlarini almashish masalalari muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi