21:14 / 29.11.2018
8 450

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi, hozirda uni ahvoli qanday? (video)

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi, hozirda uni ahvoli qanday? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayevning yana pichoqlangani haqidagi xabarlar va video tarqaldi.

Bunga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landik...

Sportchi “Toshkent” savdo markaziga tutashgan binoda pichoqlab ketilgan

— Sportchi 26 noyabr kuni taxminan soat 14.30 larda Toshkent shahridagi “Toshkent” savdo markazi (sobiq Turkuaz)ga tutashgan binoda pichoqlab ketilgan. Ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan. Ayni vaqtda sportchi Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. Sportchiga hujum qilgan shaxsning kimligi hali aniqlanganicha yo‘q. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sportchining ahvoli qandayligini bilish maqsadida Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasiga yo‘l oldik.

Ushbu voqealar aks etgan videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

"Bemor olib kelinganda ahvoli o‘rta og‘ir edi"

Izzatilla HAKIMOV, Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi Xirurgiya bo‘yicha mas’ul:

— Sportchi Murod Xonto‘rayev 26 noyabr kuni soat 15.00 lar atrofida ko‘plab kesilib, sanchilgan jarohatlar bilan qabul bo‘limiga olib kelindi. Jarohatlarning asosiy qismi qo‘l, oyoq, kurak sohalarida. Bosh qismida ham jarohat bor edi. Bemor olib kelinganda ahvoli o‘rta og‘ir edi. Bemor darhol jarrohlik xonasiga yotqizildi. Mikroxirurglar bilan birgalikdagi jarrohlik ama-liyoti davomiyligi 1 soatdan oshdi. Jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlov berildi. Tanada chuqur kirgan jarohatlar yo‘q. Shu bois jarrohlik amaliyoti mahalliy og‘riqsizlantiruvchi va sedatatsiya vositalar orqali amalga oshirildi. Bosh miya MSKT tekshiruvidan o‘tkazilganda, jiddiy jarohatlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Biroq bosh miya chayqalish holati kuzatilgan. Hozirda ahvoli me’yorda, hushi o‘zida.

Ma’lumot uchun: Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Sportchi Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil iyun oyida ham Xonto‘rayev pichoqdan jarohatlanib, shifoxonaga yotqaziladi va kelasi kun Toshkent Ichki ishlar boshqarmasi sportchi va bir necha shaxsni «jamoat joyida nojo‘ya harakat qilish» aybi bilan qo‘lga oladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi Xonto‘rayevga jinoyat kodeksining 62-moddasi asosida eng kam oylik ish xaqining 94 baravari miqdorida jarima tayinlangandi va kafolat xati, shuningdek, xulqi ustidan nazorat olib borilishi sharti bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi, hozirda uni ahvoli qanday? (video)