Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekistonda mehnat bozori o‘rganilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Prezident shu o‘rinda joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan klaster tizimini tilga oldi.
"Klaster tizimini tajriba qilganlar daromad bilan chiqdi, lekin klaster tizimi kadr kerak - suvchi, yer tuzuvchi, ekologlar kerak. Yo‘q bizda ular! Klasterlarga, katta-katta chorva fermalarga boringlar - hammasi quyi pog‘onadagi mutaxassislarni chetdan olib kelgan", - dedi Mirziyoyev va "Shuncha kollejlarning mutaxassislari qani?" degan savolni o‘rtaga tashladi.
O‘zbekiston rahbari afsus bilan mamlakatda kasb tarbiyasi mavjud emasligi, mehnat bozorini o‘rganish masalasi bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayotganini aytdi.
"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektorida bo‘ladigan talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash chorasini ko‘rish vaqt-soati keldi", - deb xulosa qildi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda