Prezident Donald Tramp 2017 yil dekabridagi 13818-farmonni uzaytirdi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida. Bu farmon «Magnitskiy akti» doirasida sanksiyalar joriy qilgan, deb eslatadi Kun.uz nashri.
Sanksiyalar ostiga tushgan, turli mamlakatlardan bo‘lgan 13 shaxsdan iborat ro‘yxat AQSh Moliya vazirligi saytida joylashtirildi. Ular orasida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova, Rossiya bosh prokurorining o‘g‘li Artyom Chayka, Ukrainaning «Berkut» maxsus bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Sergey Kusyuk bor. Shuningdek, ro‘yxatdan Serbiya, Xitoy, Nikaragua, Janubiy Sudan va Pokiston fuqarolari ham joy oldi.
«AQSh inson huquqlari jiddiy buzilishini sodir etayotgan yoki korrupsiyaga aralashgan shaxslarga sezilarli oqibatlarni ko‘rsatishga harakat qilmoqda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar moliyaviy tizimini bu shaxslarning suiiste’mol qilish holatlaridan himoya qilmoqchi», - deyilgan Donald Trampning 2017 yil 20 dekabrdagi farmonida.
Gulnora Karimova, AQSh fikriga ko‘ra, «biznes ekspropriatsiyasi, bozorlarning monopolizatsiyasi, poralar talab qilish va reket uchun davlat resurslarini ishlatgan qudratli uyushgan jinoiy birlashmaga» rahbarlik qilgan.
Sanksiyalar AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan barcha aktivlarni bloklash, shuningdek, amerikalik fuqarolarga sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs yoki tashkilot bilan har qanday bitimga borishni taqiqlashni nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi