06:58 / 23.12.2018
4 919

Sirdaryolik mast haydovchi YHX inspektorini avtomashinasida sudradi

Sirdaryolik mast haydovchi YHX inspektorini avtomashinasida sudradi
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 2018 yil 21 dekabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi ko‘chasida xizmat olib borayotib shu yerda harakatlanib kelayotgan mast holda bo‘lgan U.M. boshqaruvidagi “VAZ-21063” rusumli avtomashinani to‘xtatib, undan tegishli hujjatlarini so‘ragan.

Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, avtoulovni haydab ketgan. Oqibatda avtomashina eshigini qo‘li bilan ushlab turgan xodimni taxminan 40 metr masofagacha sudrab borgan.

Natijada xodim jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. U.M. qo‘lga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bu haqda xabar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryolik mast haydovchi YHX inspektorini avtomashinasida sudradi