19:35 / 24.12.2018
7 652

Hibsga olingan general Tohiriy qanday jinoyatda ayblanmoqda?

Hibsga olingan general Tohiriy qanday jinoyatda ayblanmoqda?
Foto: «Protoday.uz»
O‘tgan hafta O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi general Muidjon Tohiriy hibsga olingani haqida xabar bergandik. Bosh prokuratura Matubot xizmati ushbu xabarni tasdiqlar ekan, «tergov siri nuqtai nazaridan» boshqa ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan edi.

Bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ayni mavzu yana ko‘tarildi. Javobda ham o‘zgarish bo‘lgani yo‘q: tergov siri nuqtai nazaridan «Tohiriy ishi» bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanmadi.

Modomiki, qonun shuni talab qilar ekan, bunga rioya etishdan boshqa iloj yo‘q. Faqat bir narsa aniq: masala generalni hibsga olish darajasiga yetgan ekan, demak, ayblov jiddiy ekani ehtimoli juda yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hibsga olingan general Tohiriy qanday jinoyatda ayblanmoqda?