06:00 / 25.12.2018
3 725

Noyabr oyida O‘zbekistonda naqd pul hajmi kamaydi

Noyabr oyida O‘zbekistonda naqd pul hajmi kamaydi
2018 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda naqd pul hajmi 21,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyiga nisbatan 800 mln so‘mga kam, deya xabar beradi Markaziy bank o‘z hisobotida.

Shuningdek, noyabr oyida umumiy pul massasi hajmi ham kamaygan va 82 trln so‘mni tashkil etgan.

Biroq bu ko‘rsatkich 11 oy ichida 12 foizlik o‘sishni qayd etgan.

Joriy yilning 11 oyi ichida pul massasining oshishiga qaramasdan so‘m ekvivalentidagi xorijiy valyuta depozitlari hajmi kamaygan. Masalan, yil boshida so‘m ekvivalentidagi xorijiy valyuta depozitlari hajmi 25,7 trln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1 dekabr holatiga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 25,3 trln so‘mni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noyabr oyida O‘zbekistonda naqd pul hajmi kamaydi