11:14 / 20.01.2019
8 421

Toshkent markazida 27 qavatli osmonoʻpar bino bunyod etiladi (foto)

Toshkent markazida 27 qavatli osmonoʻpar bino bunyod etiladi (foto)
Toshkent markazida 27 qavatli Stalin baland binolari stilida M Tower osmonoʻpar turar-joy bunyod etiladi.
Bino loyihasi Moskvaning “Tochka dizayna” studiyasi tomonidan Murad Buildings buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan. Bu tashkilotning Oʻzbekistondagi ilk loyihasidir.

“Loyiha stilistikasi studiyamizda shunga oʻxshash stilda bundan oldin yaratilgan meʼmorchilik loyihalariga asoslangandi”, - deb xabar qildi arxitektura byurosi matbuot-xizmati.

Byuro vakili taʼkidiga koʻra, osmonoʻpar bino loyihasi respublikadagi seysmik faollikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
“Hudud yeri tadqiq qilingach, biz ish hujjatlariga zaruriy tuzatishlarni kiritdik”, - deya ishontirdi byuro vakili.

Osmonoʻpar binoning birinchi qavatida alohida resepshen va launjga ega lobbi va jamoat zonasi boʻlishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi qavatlarni toʻliq tijorat maydonlari egallaydi: fitnes-markaz, spa va ofislar. Toʻrtinchi qavatdan 27-qavatgacha xonadonlar joylashadi (ikkita vip-qavatlarda terassalar boʻladi).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent markazida 27 qavatli osmonoʻpar bino bunyod etiladi (foto)