O‘tgan yilda iste’molchilar eng ko‘p shikoyat qaysi sohadan shikoyat qilishdi?
Iste’molchilar foydasiga jami 7 824 700 400 (yetti milliard sakkiz yuz yigirma to‘rt million yetti yuz ming to‘rt yuz) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan "Xalq so‘zi"ga taqdim qilingan hisobotida e’lon qilingan.
Jumladan, 2018 yilda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga tegishli ekani ayon bo‘lmoqda:
- savdo sohasiga 4083 ta;
- tabiiy gaz ta’minoti sohasiga 2409 ta;
- elektr ta’minoti sohasiga 1908 ta;
- suv ta’minoti sohasiga 795 ta;
- kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 648 ta;
- aloqa sohasiga 453 ta;
- transport sohasiga 382 ta;
- sog‘liqni saqlash sohasiga 248 ta;
- boshqa sohalarga 2163 ta.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish mobaynida hududlarda aynan savdo, tabiiy gaz va elektr ta’minoti sohalari bugungi kunda yechimini kutayotgan ishlar ko‘pligidan dalolat bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda fuqarolar federatsiyaga jami 14127 ta murojaat tushgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich kamayib, 13089 tani tashkil etgan. 2017 yilda eng ko‘p murojaat tabiiy gaz ta’minoti yuzasidan kelgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan yil davomida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari hamda federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining markaziy va hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma ijrosini ta’minlash borasida aholining iste’molchi sifatidagi huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi