09:14 / 24.01.2019
4 926

Shahrisabzda o‘quvchilar sochini qaychilagan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Shahrisabzda o‘quvchilar sochini qaychilagan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Foto: «Daryo»
Shahrisabz shahridagi 7-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shahboz Islomovning o‘quvchilarga «do‘stona munosabati» — o‘g‘il bolalar sochini qaychilagani xususida xabar bergan edik.

Ushbu maqoladan so‘ng, Shahrisabz shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bahodir Ro‘ziyev jurnalist Otabek Qo‘ldoshevga qo‘ng‘iroq qilib, voqea «qahramon»i o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi. Ammo masalaning e’tiborli jihati xodimning o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shatilishi 22 yanvar kuni ro‘y berayapti. Bo‘lim mudiri bilan 22 yanvar kungi suhbatimizda, mudir xodim ishdan bo‘shatilganligi xususida lom-lim ham demagandi.

«Xodimga hayfsan berganimizdan so‘ng, o‘zi ariza yozib ishdan bo‘shashini ma’lum qildi, — deydi xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bahodir Ro‘ziyev. – Shundan so‘ng, xodim o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shatildi».
Mudirning qo‘shimcha qilishicha, direktor o‘rinbosaridan tashqari 8 va 9-sinf rahbarlariga ham «hayfsan» berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabzda o‘quvchilar sochini qaychilagan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi