O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’lim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;
ta’lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;
ta’lim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash;
yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi – yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhri va blanklariga, mustaqil balansiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga ega bo‘ladi;
Filialga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Filial direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa – Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi