20:48 / 11.02.2019
6 112

Namanganda “soxta prokuror” qoʻlga olindi (video)

Namanganda “soxta prokuror” qoʻlga olindi (video)
Namangan viloyatida yashovchi fuqaro N. bir necha tuman tibbiyot birlashmalariga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini viloyat prokuraturasi xodimi deya tanishtirgan. Fuqaro ularga bir qancha xizmatlar va iltimosnomalar aytib, pul taʼma qilganida qoʻlga olingan. Bu haqda “Sevimli” kanalining “Zamon” dasturida hikoya qilinadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalovning aytishicha, firibgar tuman sogʻliqni saqlash boshqarmalariga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini viloyat prokuraturasidan Bekzodman deb tanishtirgan, shu orqali ularning ishonchiga kirib, ularning 300 ming, 400 ming va 1,5 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda pullarini olgan.

Sud Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 5-qismiga muvofiq, yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan soʻng, jinoyatchiga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda “soxta prokuror” qoʻlga olindi (video)