23:15 / 23.02.2019
4 933

DXX Qashqadaryoda o‘tkazgan tezkor tadbirda 30 ming dona «Tramadol» aniqlandi

DXX Qashqadaryoda o‘tkazgan tezkor tadbirda 30 ming dona «Tramadol» aniqlandi
2018 yilning 27 oktyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq “Tramadol”, “Baklosan” kabi bir nechta psixofaol preparatlar giyohvand moddalar va psixotrop vositalar ro‘yxatiga kiritildi. Va ayni vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning noqonuniy aylanishiga qarshi jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zA’ning yozishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida “Toshkent-Denov” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan A.R. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona “Tramadol” tabletkasi borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasini fuqaro B.K. Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Ko‘hinur" to‘yxonasi oldida E. ismli ayoldan 34 million 500 ming so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 million so‘mini beradi va yukni A.R.ga topshiradi. Haydovchi A.R. esa uni Surxondaryo viloyatiga yetkazib berishi kerak bo‘ladi.

Yana bir holat. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududida J.X. boshqaruvidagi yuk avtomobili tekshirib ko‘rilganda, uning yukxonasida ham 30 ming dona “Tramadol” borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida tug‘ilgan Q.P. ismli shaxs Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan O.X.ga 57 million so‘mga sotgan. Shundan so‘ng, u ushbu vositalarni A.J.ga beradi. A. esa ularni yuk sumkasiga joylashtirib, Surxondaryo viloyatiga ketayotgan haydovchi J.X.ga topshiradi va Denov tumanida akasi A.J. olishini aytadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Qashqadaryoda o‘tkazgan tezkor tadbirda 30 ming dona «Tramadol» aniqlandi