23:03 / 06.03.2019
6 568

OTMga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati oʻzgardi

OTMga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati oʻzgardi
Hukumat qarori (190-son, 05.03.2019 y.) bilan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz faqat sportning olimpiya turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka boʻyicha musobaqa gʻoliblariga berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati oʻzgardi