06:32 / 13.03.2019
8 603

Jizzaxlik fuqaro 839 million soʻm pul yutib oldi

Jizzaxlik fuqaro 839 million soʻm pul yutib oldi
“Sharqona lotto” lotereyasi “36 dan 6” oʻyinining 103-yutuqlar tirajida 839 126 400 soʻm yutib olgan omadli inson aniqlandi.

Yutuq sohibi Yalgashev Bahromning soʻzlariga koʻra, u “Omadlotto” va “Sharqona lotto” lotereyalarini muntazam ravishda oʻynab keladi. Bungacha 2 va 3 kategoriyalar boʻyicha yutuq sohibiga aylangan yurtdoshimiz bir kun kelib Jekpot sohibi boʻlishiga ham chin dildan ishongan.

Hamyurtimiz ushbu yutuqning bir qismini hayriya ishlariga sarf qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, yutuqning qolgan qismini esa bankka qoʻyish istagini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik fuqaro 839 million soʻm pul yutib oldi