22:00 / 13.03.2019
6 997

Endi maktabda oʻqimaganlarga ham attestat beriladi

Endi maktabda oʻqimaganlarga ham attestat beriladi
Xalq taʼlimi vazirining 2018 yil 15 noyabrdagi “Eksternat toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi hamda 2019 yil 23 fevraldagi 546-sonli xatiga asosan, 2018-2019 oʻquv yili yakuniga koʻra, 9 va 11-sinf uchun eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish belgilandi, – deydi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Gʻayrat Boboxolov.

- Endi qandaydir sabablarga koʻra, 9-sinfni bitirganlik boʻyicha maʼlumotga ega boʻlmaganlar 1 apreldan 30 aprelga qadar Samarqand shahridagi 37-IDUM hamda 11-sinf attestatini olmaganlar 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi masʼullar bilan uchrashib, hujjat topshiradi. Ularga mustaqil uyga topshiriq beriladi va imtihonda yaxshi natijani qoʻlga kiritganlar attestatga ega boʻladi. Imtihon kunlari haqida hujjat topshirganlarga xabar berib boriladi.

Ulardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
9-sinflarda:

Tibbiy maʼlumotnoma(086- forma);
3x4 rasm 6 dona;
Oʻquvchi oʻqigan maktabidan maʼlumotnoma (Oʻqigan maktabidan qaysi sinfgacha yoki chorakgacha oʻqiganligi toʻgʻrisida);
Ariza(maktab direktori nomiga);
Fuqarolik pasporti asli va nusxasi.

11- sinflarda:
Tibbiy maʼlumotnoma(086-forma);
3x4 rasm 6 dona;
Ariza (maktab direktori nomiga);
Fuqarolik pasporti asli va nusxasi;
9-sinfni tugatganlik toʻgʻrisida shahodatnomasi asli va nusxasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi maktabda oʻqimaganlarga ham attestat beriladi